Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Koreyadagi zavodda yong‘inda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Koreyadagi zavodda yong‘inda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Janubiy Koreyaning Techjon shahridagi avtoqismlar ishlab chiqarish zavodida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti doimiy nazoratida bo‘lib turibdi.

Shuningdek, Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxona orqali mahalliy idoralar bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Zarurat yuzaga kelgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari mamlakatning Koreya Respublikasidagi elchixonasiga quyidagi tezkor aloqa raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin: +82 10 3213 4505, +82 10 2909 4334, uz.embassy.seoul@gmail.com, comuzconsul@naver.com.

Kiritildi: Bugun 15:35. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!