Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 1 noyabrgacha uzaytirildi

Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 1 noyabrgacha uzaytirildi


2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1 noyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bu muddat:

➖ bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar;

➖ o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan talabalar;

➖ o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

1 noyabrga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

Kiritildi: 16:43 22.10.2026. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!