Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Konor Makgregorning o‘zbekistonlik sparring sherigi Mangu 1 turnirida jang qildi

Konor Makgregorning o‘zbekistonlik sparring sherigi Mangu 1 turnirida jang qildi

Toshkentda MMA bo‘yicha Mangu 1 turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Turnirning prelim kardi doirasida o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi, ikkita vazn toifasida UFC cobiq chempioni Konor Makgregorning Dubay shahridagi sparring sherigi bo‘lmish Bahromjon Ro‘ziyev oktagonga ko‘tarildi.

Ozarbayjon vakili Abdul Fahad Ahmadiga qarshi kechgan to‘liq 3 raundlik jangda Ro‘ziyev uchun durang bilan yakunlandi. Jang davomida Bahromjondan ochkolar olib tashlanganini ta’kidlash lozim.

Bu orqali Ro‘ziyev faoliyati davomidagi to‘qqizinchi jangida ilk bor durang qayd etdi. Uning hisobida yettita g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor edi.

Kiritildi: 23:44 07.02.2026. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!