Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Konor Makgregorga qamoq jazosi xavf solyapti

Konor Makgregorga qamoq jazosi xavf solyapti

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hukumatga nisbatan nafrat kayfiyatini qo‘zg‘ashda ayblanib, 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Irlandiya Bosh prokuraturasi sportchining 2023 yilgi tartibsizliklar oldidan qoldirgan xabarlarini tekshirmoqda.

O‘tgan hafta Makgregor Oq uyga tashrif buyurgan va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. Shuningdek, u Irlandiya prezidentligiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga, Konor katta migrasiya oqimi va migrantlar mamlakat hududida sodir etayotgan qonunsizlikka qarshi kurashmoqchi.

Kiritildi: 14:26 25.03.2025. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!