Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Konor Makgregor Xolloueydan qasos olish niyatidan qaytmayapti

Konor Makgregor Xolloueydan qasos olish niyatidan qaytmayapti

UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Maks Xolloueyga qarshi revanshdagi mag‘lubiyati haqida yana fikr bildirdi.

UFC 329 turnirining asosiy jangida Xollouey birinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi. Bellashuv Makgregorning oyog‘idan jarohat olishi sabab davom etmagan.

"Shuni aytamanki, jangni to‘xtatishni men so‘ramaganman. Men uni tugatishni talab qilmaganman. Agar men sen bilan jang qilayotgan bo‘lsam va sen hakamga qarab jangni to‘xtatishni so‘rayotgan bo‘lsang, unda jangni kim to‘xtatayapti?

To‘xtatmang. Jang endi boshlangan edi. Ammo mayli, biz o‘z ishimizni qilishda davom etamiz va qasos olish maqsadidan chekinmaymiz", — dedi Makgregor MMA Mania nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 23:54 16.09.2026. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!