Kongoning Rvampare shahrida Ebola virusi bilan kasallangan bemorlar davolanayotgan markazga o‘t qo‘yib yuborildi, deya xabar bermoqda «Associated Press» agentligi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yong‘inni mahalliy yoshlar sodir etgan. Bunga ularga Ebola virusidan vafot etgan deb taxmin qilinayotgan do‘stining jasadini olib ketishga ruxsat berilmagani sabab bo‘lgan.
Katta komissar o‘rinbosari Jan-Klod Mukendining ta’kidlashicha, yoshlar Ebola virusini yuqtirib olgan odamni dafn etish qoidalaridan bexabar bo‘lishgan.
«Uning oilasi, do‘stlari va boshqa yoshlar, Ebola virusi avj olgan davrda rasmiy hukumat tomonidan berilgan aniq ko‘rsatmalarga qaramay, jasadni dafn etish uchun uylariga olib ketmoqchi bo‘lishgan. Vaholanki, barcha jasadlar belgilangan maxsus qoidalarga muvofiq ko‘milishi shart», — dedi u.