Mamlakat poytaxti Kopengagen yaqinida 3,9 magnitudali zilzila yuz berdi.
Evropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri shahardan taxminan 28 kilometr janubda joylashgan. Yer silkinishlari kunning ikkinchi yarmida qayd etilgan.
Zilzila nafaqat Daniyada, balki qo‘shni Shvesiyada ham, jumladan Malmyo shahrida ham sezilgan. Kopengagen polisiyasiga aholidan ko‘plab qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan.
Seysmologlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisa Skandinaviya o‘lchovlari bo‘yicha ancha sezilarli bo‘lib, mutaxassislarning katta e’tiborini tortdi.
Shuningdek, silkinishlar Fyun orolidagi Odense shahrida ham sezilgan bo‘lishi mumkin. Rasmiylar jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘qligini, biroq kuchsiz qayta silkinishlar bo‘lishi istisno etilmasligini ma’lum qildi. Ushbu zilzila mintaqada 2012 yildan beri kuzatilgan eng kuchlisi bo‘ldi, deyiladi xabarlarda.