Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng qamrovli bosqini boshlangan 2022 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda Shimoliy Koreyaning xorijdan olgan daromadlari oldingi to‘rt yillik davrdagi ko‘rsatkichdan qariyb to‘rt barobarga oshib, 22 milliard dollarga yetgan.
Qayd etilishicha, daromadlarning asosiy manbasi Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘lgan. Bu Pxenyanning Rossiyadan oladigan daromadlarining 90 foizidan ortig‘ini tashkil etgan.
Shuningdek, Ukrainaga qarshi urushga harbiylarni jo‘natish, Xitoy bilan savdo-sotiq va shimoliy koreyalik xakerlar tomonidan kriptovalyutalarning o‘g‘irlanishidan ham KXDRga mablag‘lar kelib tushgan.
"Bu pullar Kim Chen Inga KXDRning yadroviy arsenalini, harbiy imkoniyatlarini hamda iqtisodiyotini kengaytirishga yordam bergan va G‘arb bilan muzokaralar olib borishida bosimni kamaytirgan", deyiladi maqolada.