KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya Xalq armiyasi (KXA) rota komandirlarini uzluksiz va jadal harbiy mashg‘ulotlar orqali o‘z bo‘linmalarining urushga to‘liq tayyorligini ta’minlashga chaqirdi.
Koreya Markaziy telegraf agentligi (STAK) xabar berishicha, u bu haqda Koreya Xalq armiyasi rota komandirlarining III yig‘ilishi ishtirokchilari bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
«Rota komandirlarining eng muhim inqilobiy vazifasi — bo‘linmalarning to‘liq jangovar shayligini ta’minlashdir. Bu vazifani bajarishning asosiy usuli esa uzluksiz va jadal mashg‘ulotlar o‘tkazishdan iborat», — deya ta’kidlagan Kim Chen In.
Uning so‘zlariga ko‘ra, komandirlar yuqori jangovar qobiliyatga, mustahkam inqilobiy e’tiqodga va vatanparvarlik ruhiga ega bo‘lgan harbiy bo‘linmalarni shakllantirishlari lozim.
KXDR yetakchisi bu boradagi ishlarning natijalari komandirlarning kasbiy mahorati va tashkilotchilik qobiliyatini baholashdagi asosiy mezon bo‘lishini qayd etgan.