Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kiyevda norozilik namoyishlari: "Ishlayotgan narsaga tegma"

Kiyevda norozilik namoyishlari: "Ishlayotgan narsaga tegma"

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Kiyevda Zelenskiyning Mixail Fyodorovni Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Namoyish Ivan Franko teatri yonidagi bog‘da bo‘lib o‘tyapti. Norozilik bildiruvchilar "Fyodorov" deb hayqirmoqda va qo‘llarida "Nima uchun?", "Ishlayotgan narsaga tegma" va "Vova, nima qilyapsan?" deb yozilgan plakatlarni ushlab turishibdi.

"Suspіlne" xabariga ko‘ra, Mixail Fyodorovni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari boshqa shaharlarda, xususan, Nikolayev, Xarkov, Dnepr, Poltava va Ternopolda ham o‘tmoqda.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mudofaa vazirligini boshqarishni hozirgi Ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoga taklif qilgani ma’lum bo‘lgan edi.

"Ukrainskaya pravda" ma’lumotlariga ko‘ra, Mixail Fyodorovni iste’foga chiqarish qarori Zelenskiyga "oson bo‘lmagan". Prezident buni Mudofaa vaziri va Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy o‘rtasidagi doimiy kelishmovchiliklarga chiday olmasligi bilan izohlagan.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Fyodorov o‘zi va’da qilgan safarbarlik islohotini o‘tkazmagan. Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Zelenskiy Fyodorovga Bosh vazir lavozimini egallashni taklif qilgan, biroq u rad etgan.

Kiritildi: 14:07 16.07.2026. O'qildi: 1934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!