"Ukraina 30 kunlik shartsiz otashkesimga tayyor, ammo uni amalga oshirish uchun Rossiya talablar qo‘yishni to‘xtatishi kerak, biz bu haqda prezident Makron bilan gaplashdik", — deb yozdi o‘z Telegram kanalida Zelenskiy Fransiya prezidenti bilan telefon muloqotidan so‘ng.
Bundan tashqari, Makron va Zelenskiy Ukraina uchun ishonchli va mustahkam xavfsizlik kafolatlarini birgalikda shakllantirishni muhokama qilishdi.
"Fransiyaning bu boradagi pozisiyasi aniq va biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.