Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Kelasi yildan 26 ta ixtisoslashgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida ishlashga o‘tiladi

Kelasi yildan 26 ta ixtisoslashgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida ishlashga o‘tiladi

Kelasi yildan 26 ta ixtisoslashgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida ishlashga o‘tiladi. Har bir direktor sohaga yangilik kiritish, quyi bo‘g‘in xodimlari malakasini oshirish va ilmni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha aniq majburiyat oladi.

Nufuzli xorijiy universitet klinikalaridan mutaxassislar jalb qilinib, markazlardagi kamchiliklar ko‘rsatiladi va direktorlarning vazifalari aniq belgilanadi. Direktorlar yil yakunida jamoatchilik oldida hisobot beradi. Ish natijasiga qarab kontrakt uzaytiriladi.

Prezidentimiz respublika, viloyat va tumandagi har bir shifoxona hamda poliklinika faoliyatiga aholining o‘zi baho beradigan mexanizmlarni kelasi yildan joriy etish vazifasini qo‘ydi.

Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bog‘lanishi, bunda aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi asosiy mezon bo‘lishi qayd etildi.

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!