Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Kazemiro Vinisiusga o‘z maslahatini berdi

Kazemiro Vinisiusga o‘z maslahatini berdi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro Vinisiusning "Real"da qolishini istamoqda.

Avvalroq, 24 yoshli futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Agar men u bilan muxlis sifatida gaplashganimda, unga futbolda, o‘z faoliyatida tarix yaratish qanchalik muhimligi haqida o‘ylab ko‘rishni maslahat bergan bo‘lardim. U allaqachon ko‘p yutuqlarga erishgan, ammo uning yoshini hisobga olsak, hali oldinda uzoq yo‘l bor. Albatta, bu juda shaxsiy qaror. Muxlis sifatida uni bundan keyin ham "Real" safida ko‘rish yoqimliroq bo‘lardi," - deya Kazemironing so‘zlarini keltiradi AS.

Braziliyalik futbolchi "Real" safida 2018 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. U madridliklar safida jami 296 ta o‘yinda maydonga tushib, 101 ta gol va 85 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 11:28 19.02.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!