Mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ni tark etadigan braziliyalik yarim himoyachi Kazemiroda faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variant bor. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar bermoqda.
Insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, Kazemironi o‘z safiga qo‘shib olishni Braziliyaning «San-Paulu» va argentinalik hujumchi Lionel Messi to‘p surayotgan Amerikaning «Inter Mayami» klublari istamoqda.
Braziliyalik futbolchi va «qizil iblislar» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati shu yozda yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda Kazemiro 25 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga beshta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.