Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Karlo Anchelotti: «Gvardiolaga qarshi o‘ynashdan charchadim»

Karlo Anchelotti: «Gvardiolaga qarshi o‘ynashdan charchadim»

«Real Madrid» bosh murabbiysi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar ligasi o‘tish bahslari doirasida «shaharliklar»ga qarshi javob o‘yini oldidan «Manchester Siti»dagi hamkasbi Hosep Gvardiola haqida so‘z yuritdi.

«Qarshimda Gvaridolani ko‘raverishdan charchadim. Uni hamon fantastik murabbiy deb hisoblayman, biroq unga qarshi o‘ynash jonimga tegdi. Uni kuzatish esa doim yoqimli», — Anchelottining so‘zlarini keltirdi Eurosport.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning ilk to‘qnashuvida Gvardiola shogirdlari 2:3 hisobida yengilgandi. Bugun (bizning vaqt bilan 20 fevral tungi soat 01:00 da) Madridda hal qiluvchi javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov maydonga tushirilishi mumkin.

Kiritildi: 13:21 19.02.2025. O'qildi: 1273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!