Ma’lum qilinishicha, Ueynrayt harbiy bazasida portlash mashg‘ulotlar vaqtida o‘q-dori gaz quvuri yoki gaz qudug‘iga tushishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Portlashdan so‘ng kuchli yong‘in boshlangan. Kuchli shamol tufayli olov baza hududidan tashqariga ham tarqalgan, deb xabar berdi Global News.
Mamlakat bosh vaziri Mark Karni yong‘in baza hududidagi "jiddiy hodisa" oqibatida boshlanganini ma’lum qilgan.