Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kanada JCH–2026 oldidan futbol muxlislari uchun viza nazoratini kuchaytirdi

Kanada JCH–2026 oldidan futbol muxlislari uchun viza nazoratini kuchaytirdi

Kanadaning Immigrasiya, qochqinlar va fuqarolik ishlari vazirligi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan muxlislarning viza arizalarini ko‘rib chiqishda nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda Globe and Mail gazetasi xabar bermoqda.

Nashrda ta’kidlanishicha, mazkur choralar chempionat davomida boshpana so‘rovchilari sonining keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida joriy etilgan.

“Kanada Immigrasiya, qochqinlar va fuqarolik ishlari vazirligi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan muxlislarning viza arizalarini diqqat bilan ko‘rib chiqmoqda. Maqsad — mamlakatga boshpana so‘rash niyatida kirib kelish holatlarining oldini olish”, deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, hatto o‘yin chiptasini sotib olgan turistlarga ham viza berilishi yoki mamlakatga kirishga ruxsat berilishi rad etilishi mumkin. Agar Kanada rasmiylari ushbu shaxslar chempionat yakunlangach, o‘z vataniga qaytmasligi mumkin, degan xulosaga kelsa, tegishli choralar ko‘riladi.

Vazirlik vakili Izabel Dyubua bu borada quyidagicha izoh berdi:

“Immigrasiya, qochqinlar va fuqarolik ishlari vazirligi FIFA tadbirlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshpana so‘rovlarini diqqat bilan kuzatadi. FIFA musobaqalari boshpana olish vositasi hisoblanmaydi”.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida tashkil etiladi.

Kiritildi: Bugun 19:50. O'qildi: 198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!