bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.
Kambodja rasmiylari Tailand bilan davom etayotgan halokatli to‘qnashuvlar fonida darhol barcha chegara o‘tish punktlari faoliyatini to‘xtatdi, deya xabar bermoqda agentlik.
Qayd etilishicha, bu qaror xavfsizlikni ta’minlash va vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 8 dekabr kuni Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojarosi qayta boshlangan edi. Tailand armiyasi Kambodjaning bir necha hududlaridagi harbiy ob’ektlarga havo zarbalari bergan. Har ikki davlat bir-birini sulhni buzishda ayblagandi.