Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tuzildi

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tuzildi

Vazirlar Mahkamasining “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (158-son, 11.03.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risida;
  • Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya, grant va ssudalar ajratish tartibi to‘g‘risida.

Jamg‘armaning asosiy maqsadi "Kambag‘al oilalar reestri"ga kiritilgan oila a’zolarini bandlik va tadbirkorlik rivojlantirish imkoniyatlariga jalb etishga ko‘maklashishdir. Bu maqsadda ushbu shaxslarga hamda ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga subsidiya, grant va ssudalar ajratish nazarda tutilgan.

2025 yil 1 oktyabrdan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida berilmaydigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.

Nizomga ko‘ra, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, sug‘orish vositalari, urug‘liklar va yoqilg‘ilar xarid qilish uchun subsidiyalar "Jamg‘arma-tashkilot-talabgor" o‘rtasida tuzilgan tomonlama shartnomalar asosida ajratiladi.

Bunda aholiga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

  • Engil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
  • Sug‘orish vositalari xaridi uchun – BHMning 10 baravarigacha;
  • Urug‘lik va yoqilg‘ilar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha.

Talabgor subsidiya olish uchun o‘zining doimiy yashash nazoratidan hokim yordamchisi yoki YAIDX (yagona idora) markaziga hamda "Onlayn mahalla" elektron platformasi orqali murojaat qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 03:47. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!