Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Kafellar orasiga yashirilgan psixotrop tabletka manziliga yetolmadi

Kafellar orasiga yashirilgan psixotrop tabletka manziliga yetolmadi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari yuk vagonlarining biridan yirik miqdordagi psixotrop moddani ushlab qoldi.

Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shohro‘z O‘ralovning xabar berishicha, qo‘shni davlatdan kirib kelgan temir yo‘l poyezdi tarkibidagi yuk vagonlari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilayotganida ulardan biridagi hujjatlarda kafel materiali borligi ko‘rsatilgan. Tekshiruv chog‘ida bu yuk vagoniga boshqa mahsulot joylangani ham aniqlandi. Vagonning old qismi ikki yon tomoniga yashirincha joylashtirilgan polietilen qoplar va qog‘oz quti ichidan 5 turdagi 120 ming 510 dona psixotrop tabletka topildi.

Shoxro‘z O‘ralovning yana qo‘shimcha qilishicha, bu psixotrop vositalar yurtimiz hududida muomalasi cheklangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ularni mamlakat ichkarisiga olib kirish yoki tranzit qilish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Kiritildi: 17:54 21.04.2025. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!