Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Juda murakkab masala»: Italiya rasmiylari Ukrainaning YEIga kirishiga shubha bilan qaramoqda

«Juda murakkab masala»: Italiya rasmiylari Ukrainaning YEIga kirishiga shubha bilan qaramoqda

Ilgari Kiyevning yevrointegrasiyasini faol qo‘llab-quvvatlagan Rim, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini sekinlashtira boshladi.

Bu haqda «RIA Novosti» «La Repubblica» gazetasiga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Italiya tomonining shubhalari yevrointegrasiyaning kelgusi istiqbollarini so‘roq ostiga qo‘ydi.

«Kecha esa yanada xavotirlisi shundaki, (Mudofaa vaziri Gvido) Krozetto bu masalani «juda murakkab» deb atab, (Ukrainaning YEIga) a’zo bo‘lish imkoniyatini amalda istisno qildi», — deyiladi maqolada.

Gazetaning baholashicha, Italiya siyosiy doiralarida Kiyev ichki muammolarini hal qilmagunicha, u a’zo bo‘lishga tayyor emasligi haqidagi tushuncha kuchaymoqda.

Kiritildi: Bugun 11:41. O'qildi: 177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!