O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov mashg‘ulotlar jarayonida jarohat oldi.
Tibbiy diagnostik va klinik tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra, futbolchining oyog‘i boldir mushak qismida noqulaylik yuzaga kelgan. Alijonovning to‘liq tiklanishi uchun kamida bir hafta muddat talab etilishi ma’lum qilindi.
Ayni paytda himoyachi terma jamoa tibbiy shtabi nazorati ostida individual dastur asosida tiklanish mashg‘ulotlarini olib bormoqda.