Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Joze Mourinyo Kilian Mbappening xatti-harakatidan norozi bo‘ldi — manba

Joze Mourinyo Kilian Mbappening xatti-harakatidan norozi bo‘ldi — manba

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jarohatdan tiklanish jarayonida Kilian Mbappening xatti-harakatidan norozi bo‘lgan. Bu haqda Footmercato Marca nashriga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisni fransuz hujumchisining safarlari, shuningdek, mashg‘ulotdan keyin dushanba kuni Madridga qaytgani qoniqtirmagan.

Mourinyoni, ayniqsa, Mbappening Shveysariya Alplarida velosiped sayriga chiqishga qaror qilgani g‘azablantirgani aytilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis jarohat olish xavfi tufayli velosiped haydashni o‘z futbolchilari uchun mos mashg‘ulot deb hisoblamaydi.

Mbappe Turkiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida (1:0) jarohat olganidan so‘ng Fransiya terma jamoasi qarorgohini muddatidan oldin tark etgan. O‘sha bahsda hujumchi yagona golni urgan.

Madridga qaytganidan so‘ng Mbappe Parijga borib, sevgilisi Ester Eksposito bilan tungi klubda vaqt o‘tkazgan, keyin esa Shveysariya Alplariga yo‘l olgan.

Kiritildi: 13:53 08.10.2026. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!