Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Barselona» futbolchisini 500 million yevroga sotmoqchi

«Barselona» futbolchisini 500 million yevroga sotmoqchi

«Barselona» rahbariyati Myunxenning «Bavariya» klubi tomonidan bildirilayotgan qiziqishlar fonida yarim himoyachi Dani Olmoning kelajagi bo‘yicha qat’iy qaror qabul qildi.

Avvalroq kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchi uchun 80–90 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, «Barselona» rahbariyati bunday ehtimolni butunlay rad etgan.

Manbaga ko‘ra, Olmoni Kataloniya klubidan sotib olishning yagona yo‘li uning shartnomasida belgilangan tovon pulini to‘lash hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mablag‘ 500 million yevroni tashkil etadi.

Shu tariqa, «Barselona» futbolchini belgilangan tovon pulidan kamroq mablag‘ evaziga qo‘yib yuborish niyatida emas.

Dani Olmo joriy mavsumda «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:45 12.10.2026. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!