Turkmanistonda joriy mavsum uchun yaylov hosildorligi prognozi.
Meteojurnalga ko‘ra, joriy mavsum Turkmanistonning sharqiy qismlarida chorva uchun mo‘l-ko‘l yem-hashak zaxirasi bilan bog‘liq vaziyat bo‘lishi kutilmoqda.
Tahlilchilar faqat yog‘in ma’lumotlari asosida nol balldan 5 ballgacha shkalada yaylov hosildorligini baholab chiqishgan. Tuproq namgarchiligi bilan bog‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lmagani uchun asosan yog‘in ma’lumoti bilan bog‘liq baholash indeksi yordamida yaylov hosildorligi prognozi ishlab chiqilgan.
4 ballik (yashil rangli hududlar) shkala bevosita O‘zbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bilan chegaradosh hududlarida kutilayotganidan kelib chiqilsa, janub viloyatlarida xam joriy yil yaylov xosildorligi ijobiy bo‘lishi maksimumga yaqin.