Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Putinning urushdagi "yangi sifat" haqidagi so‘zlaridan keyin Ukraina shaharlariga zarba berdi

Rossiya Putinning urushdagi "yangi sifat" haqidagi so‘zlaridan keyin Ukraina shaharlariga zarba berdi

Rossiya Putinning urushdagi "yangi sifat" haqidagi so‘zlaridan keyin Ukraina shaharlariga zarba berdi.

Kiyev raketalar va dronlar hujumiga uchrashi oqibatida turar joy binolari va poliklinika shikastlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, 51 kishi jarohatlangan. Dnepr shahrida esa besh kishi qurbon bo‘ldi va 25 kishi jabrlandi. Xarkovda olti kishi, jumladan 11 yoshli qizcha tan jarohati oldi. Halok bo‘lganlar, jabrlanganlar va yetkazilgan zarar haqidagi aniq ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Vladimir Putin Ukraina Qurolli Kuchlarining anneksiya qilingan Lugansk viloyatidagi Starobelsk shahriga uyushtirgan yaqindagi hujumi urushga "yangi sifat" bag‘ishlaganini ma’lum qilgan edi. Zelenskiy esa Ukraina shaharlariga yangi ommaviy zarbalar berilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:38 02.06.2026. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!