Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda qidirilayotgan "Jetour" Sirdaryodan topildi

Jizzaxda qidirilayotgan "Jetour" Sirdaryodan topildi

Garovga qo‘yilgan mulkni qonunga xilof ravishda yashirish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, Jinoyat kodeksiga asosan jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sudning bank foydasiga qarzdor J.M.dan kredit qarzdorligini garov mulki - "Jetour" avtomashinasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan.

Qarzdor bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortib, o‘ziga tegishli avtomashinasini xatlashdan yashirib kelgan.

Qarzdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atish yuzasidan surishtiruv jarayonida huquqiy oqibatlar tushuntirilgach, "Jetour" Sirdaryo viloyatidan topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida ushbu avtomashina auksion savdolarida sotilib, tushgan puldan qarzdorliklar qoplanadi.

Kiritildi: 23:41 24.03.2025. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!