Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga navbatdagi keng ko‘lamli hujumga tayyorlanmoqda — Associated Press

Rossiya Ukrainaga navbatdagi keng ko‘lamli hujumga tayyorlanmoqda — Associated Press

Agentlik bu haqda Ukraina hukumati va harbiy tahlilchilariga tayanib habar berdi.

"Moskva Kiyevga bosimni maksimal darajada kuchaytirish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda Kremlning pozisiyasini mustahkamlash uchun yaqin haftalarda yangi hujum boshlashga tayyorlanmoqda", deb yozadi nashr.

AP manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, Kreml bahorda 1000 kilometr uzunlikdagi front chizig‘i bo‘ylab ko‘p maqsadli hujumni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Ukraina harbiy qo‘mondonlarining ta’kidlashicha, Rossiya yaqinda kutilayotgan keng ko‘lamli yurish oldidan taktik pozisiyalarini yaxshilash uchun hujumlarni kuchaytirgan.

"Ular frontda olti oydan to‘qqiz oygacha, deyarli butun 2025 yil davomida davom etishi kerak bo‘lgan hujum harakatlarini tayyorlamoqda", – deydi ukrainalik harbiy tahlilchi Aleksey Getman.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy razvedka ma’lumotlariga tayanib, Rossiya mamlakat shimoli-sharqida – Sumi, Xarkov va Zaporoje viloyatlarida yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 19:35 29.03.2025. O'qildi: 1434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!