Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.T. (muqaddam sudlangan) “Cobalt” rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 228 mln so‘mlik 6 000 quti “Esse change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini Jizzax shahri hududida sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.