Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Jensen Xuang Rossiya kompaniyalari uchun qimmatli kadr bo‘lishi mumkin

Jensen Xuang Rossiya kompaniyalari uchun qimmatli kadr bo‘lishi mumkin


Bu fikrni Davlat dumasi vakili Anton Gorelkin bildirdi.

Gorelkinning ta’kidlashicha, Xuang 30 yil avval NVIDIA’ga asos solib, uni trillion dollarlik kompaniyaga aylantirgan. U prosessorlar ishlab chiqarish va sun’iy intellekt sohasida katta tajribaga ega.

"NVIDIA raqobatchilari uchun bundan-da katta sovg‘ani tasavvur qilish qiyin. Bunday mutaxassisni o‘z safiga jalb qilish uchun kompaniyalar yillab izlanishlarga milliardlab dollar sarflaydi. Yoki butun texnologik imperiyani barpo etgan va uning qanday ishlashini yaxshi biladigan insonni taklif qilish mumkin", — dedi u.



Xuangning tajribasi Rossiyada mikroelektronika va sun’iy intellektni rivojlantirishda qo‘l kelishi mumkin. U mutaxassisni shaxsiy hayotiga emas, kasbiy natijalariga qarab baholash kerakligini aytdi.

Kiritildi: 20:42 12.11.2026. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik