Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jeki Chan do‘mbira jo‘rligida xitoy tilida qo‘shiq kuyladi

Jeki Chan do‘mbira jo‘rligida xitoy tilida qo‘shiq kuyladi

Dunyoga mashhur aktyor, kaskadyor, kinorejisser Jeki Chan Shinjonning go‘zal yaylovlarida do‘mbira jo‘rligida «Haqiqiy qahramonlar» xitoy qo‘shig‘ini kuyladi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Ushbu video qayerda va qachon suratga olingani noma’lum. Biroq yaqinda Jeki Chan Xitoy tomonidan Shinjon o‘lkasidagi «Tulporlar yurti» deb e’tirof etilgan Ile Qozoq avtonom viloyatining Mo‘g‘ulkure tumanida bo‘lib o‘tgan «Tulpor» xalqaro turizm festivaliga kelib, o‘sha yerda o‘z chiqishlarini namoyish etdi. Xitoylik aktyorning do‘mbira jo‘rligida kuylagan bu qo‘shig‘i ushbu sayyohlik festivaliga tashrifi chog‘ida ijro etilgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 16 iyul kuni Shinjonning Ile qozoq avtonom viloyatining Mo‘g‘ulkure tumanidagi «Tulporlar yurti» madaniy turistik bog‘ida «Tulpor» xalqaro turistik festivali ochilgan edi. Bu yilgi festivalning ochilish marosimida Jeki Chan, Chjan Yisin, Guli Naja kabi xitoylik aktyorlar ishtirok etishdi. Jeki Chan 56 millat vakillari bilan birgalikda «Millat» qo‘shig‘ini kuyladi, «Vatanni kuylaymiz» qo‘shig‘ini tomoshabinlar bilan birga ijro etdi.

Kiritildi: 11:53 29.07.2023. O'qildi: 1686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!