Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026 saralash. Qirg‘iz Respublikasi Qatarni yengib, O‘zbekistonni Jahon chempionatiga yana bir qadam yaqinlashtirdi

JCH-2026 saralash. Qirg‘iz Respublikasi Qatarni yengib, O‘zbekistonni Jahon chempionatiga yana bir qadam yaqinlashtirdi

Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Qirg‘iz Respublikasi - Qatar o‘yini yakuniga yetdi. "Dolon Omurzakov" stadioni mezbonligida o‘tgan uchrashuvda qo‘shnilarimiz 3:1 hisobida juda muhim g‘alabani rasmiylashtirdi.

Dastlab, Valeriy Kichik 45+1-daqiqada o‘yinda hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida hisob tenglashdi. Qatarliklardan Ahmad Suhayl gol urdi (52-daqiqada). 56-daqiqada qatarliklar sardori Lukas Mendes qizil kartochka oldi. 82-daqiqada Aleksandr Mishenko gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+3-daqiqada Alimardon Shukurov o‘yindagi yakuniy golga mualliflik qildi - 3:1.

Qirg‘iz Respublikasida ochkolar soni 6 taga yetdi (4-o‘rin). Qatar 10 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi.

Kiritildi: 20:52 25.03.2025. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!