Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ta’lim to‘lovlarini oshirishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 2026–2027 o‘quv yili davomida kontrakt asosidagi ta’lim xizmatlari narxi oshirilmaydi.
Qaror professional ta’limni aholi uchun yanada ochiq va qulay qilish, shuningdek yoshlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.
Hujjat oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi barcha muassasalar — davlat va xususiy tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Mazkur tashabbus Qirg‘izistonda ta’lim sohasida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.