Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya futboldagi 27 yillik taqiqni bekor qildi

Janubiy Koreya futboldagi 27 yillik taqiqni bekor qildi

Janubiy Koreya professional futboli yangi 2026 yilgi mavsumdan boshlab xorijiy darvozabonlar uchun qo‘yilgan 27 yillik taqiqni bekor qildi.

Taqiq millatning iqtidorli mahalliy darvozabonlarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan edi. Ushbu qaror 1996 yil e’lon qilingan va 1999 yildan boshlab to‘liq amal qila boshlagan, chunki o‘sha paytda ko‘pchilik klublar xorijlik o‘yinchilarga tayanayotgan edi. Koreya va Yaponiya davlatlarida o‘tkazilgan jahon chempionatidan 3 yil avval Janubiy Koreya bo‘ylab atigi 26 ta klub bor edi.

K ligasining ushbu hafta Seulda bo‘lib o‘tgan hisobotida uzoq yillardan beri amal qilib kelayotgan taqiq olib tashlanishi ma’lum qilindi. Janubiy Koreya milliy jamoasining so‘nggi 3 ta o‘yinida ishtirok etgan darvozabonlarning barchasi K liga klublari a’zosi hisoblanadi.

Kim Dong-hyon va Li Chang Gyunlar «Inchxon Yunayted» hamda «Xana Sitizen» klublarida o‘ynashsa, tajribali Cho Vu klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Ulsan» darvozaboni sifatida ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 10:28 21.06.2025. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!