2026 yilgi mundialda ilk bor 48 ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Transfermarkt portali musobaqa qaydnomasidan joy olgan futbolchilarning ayni damdagi transfer qiymatiga asoslanib, eng qimmat terma jamoalar reytingini tuzib chiqdi.
Reytingning birinchi pog‘onasini Fransiya terma jamoasi egalladi. Fransuzlar tarkibining umumiy qiymati 1,48 milliard yevroni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rindan Angliya (1,31 milliard yevro), uchinchi pog‘onadan esa Ispaniya (1,27 milliard yevro) joy oldi.
Eng arzon tarkibga ega jamoa sifatida Iordaniya terma jamoasi qayd etildi — 18,35 million yevro. Eng arzon uchlikka, shuningdek, Qatar (20,48 million yevro) va Iroq (23,9 million yevro) terma jamoalari ham kiritildi.