Janubiy Afrikalik 25 yoshli futbolchi Jahon chempionatidan qaytgach, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Sunday World nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatida uchta uchrashuvda maydonga tushgan. 28 iyun kuni Janubiy Afrika terma jamoasi 1/8 finalda Kanadaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan.
Hozircha futbolchining o‘z joniga qasd qilishi sabablari rasman ochiqlanmagan. Tergov ishlari davom etmoqda.