27—30 noyabr kunlari Misrning Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Gulshan Alimardonovaga avtomobil sovg‘a qilindi. Bu haqda O‘zbekiston axborot agentligi xabar berdi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Alimardonovaga Prezident sovg‘asi sifatida BYD Song Plus DM-i UzPride avtomobili berildi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchi jahon chempionati finalida malayziyalik Shahmalarani Chandranni 6:1 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.