Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Italiyalik pochtachi deyarli uch tonna mayda pul yig‘di

Italiyalik pochtachi deyarli uch tonna mayda pul yig‘di

Italiyalik pochtachi deyarli uch tonna mayda pul yig‘di, ularning og‘irligidan uyiga zarar yetdi.

Italiyalik pochtachi Bruno Salvi bir necha o‘n yillar davomida bir yevrosentlik nominaldagi 1,176 million dona tanga yig‘di. To‘plamning umumiy qiymati 11 760 yevroni, og‘irligi esa 2,7 tonnadan ortiqni tashkil etadi. Tangalarning og‘irligi tufayli uning uyidagi zinapoya betonlarida yoriqlar paydo bo‘ldi.

Urbaniya shahrida yashovchi Salvi mayda pullarni hali bolaligidayoq yig‘ishni boshlagan. Italiya yevroga o‘tganidan so‘ng u faqat bir sentlik tangalarni kolleksiya qilishga qaror qilgan.

«Men shunchaki qanchalik uzoqqa bora olishimni ko‘rmoqchi edim», — dedi pochtachi Tele2000 telekanaliga.

Vaqt o‘tishi bilan mahalliy aholi uning bu qiziqishi haqida bilib olgan va uchrashganda hamda pochta yetkazib berish paytida mayda pullarni unga beradigan bo‘lishgan.

Hozirda kolleksiya har birining hajmi 30 litrdan bo‘lgan 28 ta shisha idishni egallagan. Ularning og‘irligi tufayli uyda yoriqlar paydo bo‘lgach, Salvi tangalarni pastki qavatlarga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, u kolleksiya yig‘ishni to‘xtatmoqchi emas. Pochtachining navbatdagi maqsadi — bir yarim million dona bir sentlik tanga yig‘ish.

Kiritildi: 19:40 05.11.2026. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik