Milan va Kortinada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik rejalashtirilmagan xarajatlarga olib kelib, kutilmagan qiyinchiliklarni keltirib chiqardi, deb xabar beradi Reuters.
Bu haqda o‘yinlarning bosh direktori Andrea Varnyer ma’lum qildi. Tashkilotchilar qisqa vaqt ichida katta xarajatlarga duch keldilar, ammo loyihalarning ko‘pchiligini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldilar. Ayrim inshootlar juma kuniga mo‘ljallangan ochilish marosimigacha yakunlandi.
Dastlab o‘yinlarni o‘tkazish uchun taxminan 1,3 milliard dollar sarflash rejalashtirilgan edi, ammo tayyorgarlik davomida bu summa 1,7 milliard dollargacha oshdi. Infratuzilmaviy xarajatlar davlat moliyalashtirishi bilan yana 3,5 milliard dollarni tashkil qildi.
— Bu safar biz kutganimizdan ham murakkabroq bo‘ldi, taxmin qilingan qiyinchiliklar bilan birga biz kutilmagan holatlarga duch keldik, — dedi Varnyer Xalqaro Olimpiada qo‘mitasining yig‘ilishida.
XOQ qo‘shni mamlakatlardagi mavjud inshootlardan foydalanish bo‘yicha takliflariga qaramasdan, Kortinada bir necha million dollarlik yangi sirpanish markazi qurilishi boshlandi. Shuningdek, Santajuliadagi xokkey stadioni ham shoshilinch ravishda qurilmoqda.
— Chana sporti markazi va xokkey arenasining qurilishi so‘nggi muddatda yakunlandi, — deya ta’kidladi Varnyer.