Italiyada ta’lim muassasalariga nisbatan tahdidlar yana takrorlandi. 16 noyabr, dushanba kuni mamlakatdagi kamida 100 ta maktab elektron pochta orqali portlash va ovqatni zaharlash haqida ogohlantiruvchi xabarlar oldi.
Euronews nashrining xabar berishicha, mazkur holat o‘tgan haftadagi shunga o‘xshash voqealardan keyin hukumat joriy etgan yangi xavfsizlik tartibining qo‘llanishiga sabab bo‘ldi.
Yangi qoidalarga muvofiq, internet orqali ommaviy tarqatilayotgan va aniq bo‘lmagan tahdidli xabarlar kelib tushganda maktablarni avtomatik ravishda evakuasiya qilish talab etilmaydi.
O‘quvchilar va xodimlarni binodan olib chiqish zarurati yuzasidan qarorni huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda xavfsizlik xizmatlari qabul qiladi.
Maktablarga 40 daqiqa ichida portlash sodir bo‘lishi haqida xat yuborilgan
Ma’lumotlarga ko‘ra, tahdidli elektron xat 16 noyabr kuni taxminan soat 10:50 da kelib tushgan. Xabar MA harflari bilan imzolangan bo‘lib, unda ikkita ehtimoliy xavf haqida so‘z borgan.
«Menga hozirgina sizning binongizga portlovchi qurilma o‘rnatish va uni ishga tushirish vazifasi topshirildi. Portlash 40 daqiqadan keyin sodir bo‘ladi», — deyilgan xatda.
Xabar muallifi, shuningdek, maktab oshxonasi xodimlaridan biri ovqatlarga zaharli moddalar qo‘shganini iddao qilgan. Xatda natriy azidi va kal