12 noyabr kuni Italiya bo‘ylab 3 778 ta maktab elektron pochta orqali portlash tahdidlari oldi. 77 ta ta’lim muassasasi evakuasiya qilindi, ularning 36 tasida darslar qayta tiklandi.
Bu haqda Italiya Vazirlar Kengashi xavfsizlik bo‘yicha idoralararo qo‘mita yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qilgan.
Shoshilinch yig‘ilish o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab xodimlari xavfsizligini ta’minlash hamda harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida chaqirilgan.
Qayd etilishicha, maxsus texnik qo‘mita bunday tahdidlarga javob choralari majmuasini ishlab chiqadi. Yangi tartib-qoidalar nafaqat ta’lim muassasalariga, balki boshqa ehtimoliy nishonlarga ham tatbiq etiladi.
Italiya bosh vaziri Jordja Meloni ham vaziyatni muxolifat yetakchilari bilan muhokama qildi. Ular zarur qonunchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni mamlakatdagi 6 mingdan ortiq maktabga shunga o‘xshash xabarlar kelib tushgan va bu keng ko‘lamli evakuasiyalarga sabab bo‘lgan edi. Il Fatto Quotidiano gazetasi baholashicha, favqulodda vaziyat tufayli bir kunlik zarar taxminan 3 million yevroni tashkil etgan.