Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Italiya maktablarida burqa va niqob taqiqlanadi, sinflarda chet ellik o‘quvchilar soniga cheklov kiritiladi

Italiya maktablarida burqa va niqob taqiqlanadi, sinflarda chet ellik o‘quvchilar soniga cheklov kiritiladi

Jorja Meloni tegishli rejani o‘zining “Italiya birodarlari” partiyasining yoshlar qanoti yig‘ilishida e’lon qildi. U “maktab tizimiga integrasiya qilishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan” chet ellik o‘quvchilarning ota-onalari uchun italyan tili darslari majburiy qilinishini aytdi.

"Biz uchun Italiyaga kelgan va bu yerda o‘z kelajagini qurmoqchi bo‘lgan har bir kishi tilimizni o‘rganishi, madaniyatimizni tushunishi va qoidalarimizni hurmat qilishi kerak", — dedi Italiya hukumati rahbari.

Shuningdek, Meloni har bir sinfdagi xorijlik o‘quvchilar soniga qonuniy cheklov joriy etishini ham aytdi. Biroq Italiya qonunchiligida har bir sinf va maktabdagi xorijlik o‘quvchilar ulushi uchun allaqachon 30 foizlik cheklov mavjud. Meloni ushbu tartib qanday o‘zgarishini aniq tushuntirmadi. Hozirda Italiya maktablaridagi o‘quvchilarning qariyb 12 foizini xorijliklar tashkil etadi.

Kiritildi: 23:00 21.09.2026. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!