Istanbulning Esenler tumanida metro poyezdi relsdan chiqib ketdi. Bu haqda 2 fevral kuni A Haber telekanali xabar berdi.
"Esenler avtobus terminali yaqinida harakatlanayotgan poyezd hozircha aniqlanmagan sababga ko‘ra relsdan chiqib ketdi," - deyiladi xabarda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar evakuasiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q.
Voqea joyida avariya xizmatlari ishlamoqda, ular tiklash ishlariga kirishgan.