Istanbul shahrida Turkiya jandarmeriyasining shahar boshqarmasiga tegishli, mahbuslarni tashiyotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrab, ag‘darildi. Bu haqda Report nashri shahar ma’muriyatining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida jami 19 nafar kishi turli darajada jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida avtobus haydovchisi, 12 nafar mahbus va 6 nafar jandarmeriya xodimi bor. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Jarohat olganlar shifoxonalarga yetkazilgan, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hodisa sabablari aniqlanmoqda, tegishli idoralar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.