Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroildagi saylovlarda Netanyaxu partiyasi yetakchilik qilmoqda

Isroildagi saylovlarda Netanyaxu partiyasi yetakchilik qilmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi «Likud» partiyasi parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda. Biroq ekzitpol natijalariga ko‘ra, amaldagi hukmron koalisiya Knessetda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kirita olmayapti.

Isroilning Kan-11 davlat telekanali xabar berishicha, saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yakunlanganidan so‘ng ekzitpol natijalari e’lon qilingan.

Isroilning yetakchi telekanallari o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi «Likud» partiyasi parlamentdagi o‘rinlar soni bo‘yicha oldinda bormoqda. Biroq amaldagi hukmron koalisiya parlamentda ko‘pchilikni ta’minlay olmayapti.

Xususan, muxolifat bloki 52 ta, Netanyaxu bloki 50 ta, arab partiyalari esa 18 ta mandatga ega bo‘lishi mumkin.

Isroilda hukumatni shakllantirish uchun 120 nafar deputatdan kamida 61 nafarining qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi.

Kutilishicha, ovozlarni sanashning deyarli yakuniy natijalari 30 oktyabrga qadar ma’lum bo‘ladi. Saylovning rasmiy natijalari esa 4 noyabr kuni e’lon qilinadi.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!