Isroil Mudofaa Kuchlari Tehronga qilingan so‘nggi hujumlar paytida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Kosmik kuchlari shtab-kvartirasi va 50 ta o‘q-dori omboriga hujum qilganini ma’lum qildi.
Bu haqda Isroil armiyamsi matbuot kotibi bayonotida ma’lum qildi.
Isroil armiyasi Kosmik kuchlar shtab-kvartirasi mamlakat qurolli kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan Eron Kosmik Agentligi uchun qabul qilish, uzatish va tadqiqot markazi bo‘lib xizmat qilganini ta’kidladi.
Isroil harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ob’ektda tadqiqot markazlari, shuningdek, 2022 yil avgust oyida uchirilgan va IIQK tomonidan Isroilni kuzatish uchun foydalanilgan sun’iy yo‘ldoshning qo‘mondonlik va boshqaruv tuzilmasi joylashgan.