Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil sudi "Hamas" jangarilari saqlanayotgan "Ksiot" qamoqxonasi atrofida timsohlar solingan zovurlar barpo etishni vaqtincha taqiqladi

Isroil sudi "Hamas" jangarilari saqlanayotgan "Ksiot" qamoqxonasi atrofida timsohlar solingan zovurlar barpo etishni vaqtincha taqiqladi

Bu haqda Times of Israel nashri xabar berdi.

​Sudga da’vo arizasini "Let the Animals Live" hayvonlarni himoya qilish tashkiloti kiritgan. Sud ushbu masala qo‘shimcha ko‘rib chiqishni talab etadi degan to‘xtamga keldi va surishtiruv o‘tkazilayotgan davrda ishlarni to‘xtatib qo‘ydi. Ushbu ish bo‘yicha yakuniy hukm chiqarilgunga qadar "Ksiot" qamoqxonasiga timsohlarni olib kelish mumkin emas.

​"Ksiot" qamoqxonasida 170 metrlik zovur qurilishi boshlangani haqida iyul oxirida ma’lum bo‘lgan edi.

Milliy xavfsizlik vazirligi rejasiga ko‘ra, ushbu zovur blokda saqlanayotgan mahbuslarni qo‘riqlaydigan timsohlar uchun mo‘ljallangan.

​Bu jarayon Isroil Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi tomonidan Nil timsohlarining maqomi yovvoyi hayvonlardan "asirlikda ko‘paytiriladigan yovvoyi hayvonlar" toifasiga o‘tkazilganidan so‘ng mumkin bo‘ldi. Yangi maqom jonivorlarni asirlikda ko‘paytirish hamda ulardan tijoriy yoki boshqa maqsadlarda foydalanishga ruxsat beradi.

Kiritildi: 16:12 03.08.2026. O'qildi: 4405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!