Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Buxoroda fuqaroni bir yo‘la 4-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 26 mln so‘m olgan shaxs ushlandi

Buxoroda fuqaroni bir yo‘la 4-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 26 mln so‘m olgan shaxs ushlandi



U fuqaroning ishonchiga kirib, unga go‘yoki 🇰🇿 Qozog‘istondagi oliygohlardan birida 1–3-kurslarni o‘qigani haqidagi qalbaki hujjatlarni tayyorlab, tanishlari orqali Buxoro Innovasion ta’lim va tibbiyot universitetining tibbiyot yo‘nalishiga 4-kursdan o‘qishga kiritib berishini aytgan. Buning evaziga 26 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:33 07.08.2026. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!