AQSh Senati Rossiyaga qarshi «jahannamiy sanksiyalar» to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi va nazoratni Trampga berdi
Qonun prezident farmonlari orqali allaqachon joriy etilgan AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini mustahkamlaydi. Bu nazariy jihatdan Trampning birgina imzosi bilan cheklovlarni bekor qilish imkoniyatini kamaytiradi.
Shu bilan birga, hujjat prezidentga istalgan sanksiyalarni o‘z xohishiga ko‘ra vaqtincha to‘xtatish huquqini beradi. Bundan tashqari, u Rossiyadan neft va gaz sotib oladigan yoki Moskvaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam beradigan davlatlarga qarshi savdo urushi e’lon qilish vakolatiga ham ega bo‘ladi.
Ushbu hujjat Donald Tramp Oq uyga ikkinchi muddatga qaytganidan keyin Kremlga nisbatan AQSh bosimini sezilarli darajada kuchaytiruvchi birinchi yirik qadam bo‘ladi.
Sanksiyalar Vladimir Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish maqsadida qaratilgan. Bu paytda Ukraina Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalar berish orqali urush jarayonini o‘zgartirish imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatmoqda, Tramp esa Vladimir Zelenskiyga nisbatan iliqroq munosabat bildirmoqda.