Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Donald Tramp AQShning so‘nggi respublikachi prezidenti bo‘lishi mumkinligini aytdi

Donald Tramp AQShning so‘nggi respublikachi prezidenti bo‘lishi mumkinligini aytdi


Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat demokratlar AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda muvaffaqiyat qozongan taqdirda yuz berishi ehtimoli mavjud.

"Agar demokratlar Kongressga oraliq saylovlarda g‘alaba qozonsa, unda men, ehtimol, so‘nggi respublikachi prezident bo‘larman", — dedi AQShning amaldagi prezidenti Punchbowl News nashriga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, Donald Tramp respublikachilarning g‘alaba qozonishiga ishonch bildirib, buning uchun Senat “aqlliroq” bo‘lishiga to‘g‘ri kelishini aytdi.

Qo‘shma Shtatlar Kongressiga oraliq saylovlar joriy yilning 3 noyabrida bo‘lib o‘tadi. Unda Senatning uchdan bir qismi va Vakillar palatasi to‘liq qayta saylanadi.

Hozirda AQSh qonun chiqaruvchi organining har ikkala palatasi ham respublikachilar nazorati ostida.

Kiritildi: 21:19 07.08.2026. O'qildi: 1219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!